Qirg‘izistonda Erdo‘g‘an rafiqasining tirbandlikka tushishiga aybdorlar jazolanadi

Qirg‘izistonda Erdo‘g‘an rafiqasining tirbandlikka tushishiga aybdorlar jazolanadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Qirg‘izistonga tashrifi vaqtida uning rafiqasi Omina Erdo‘g‘an kortejining yo‘lda tirbandlikda qolib ketishida aybdor deb topilgan qirg‘izistonlik mansabdor shaxslar jazolanadi. Ularga nisbatan ichki ishlar idoralaridan bo‘shatishgacha jazo qo‘llanishi mumkin. Bu haqda Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Damir Sag‘inbayev ma’lum qildi.

Uning aytishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Qirg‘iziston prezidenti rafiqasi Aygul Tokoyeva va Omina Erdo‘g‘an 3 sentyabrda Qirchin darasidagi etnoshaharchada bo‘lishgach, Bishkekka qaytayotganlarida Erdo‘g‘an xonimning korteji bir soatga yaqin tirbandlikda qolib ketgan.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!