Qirg‘izistonda COVID-19 qurbonlari xotirasiga milliy motam kuni e’lon qilinadi

Qirg‘izistonda COVID-19 qurbonlari xotirasiga milliy motam kuni e’lon qilinadi

Qirg‘izistonda 30 iyulda koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga milliy motam kuni e’lon qilinadi, deb ma’lum qildi mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov.

"O‘ttizinchi iyul butun mamlakatda milliy motam kuni deb e’lon qilinadi. Bu bo‘yicha tegishli farmon chiqariladi", - dedi u "Birinchi radio" radiostansiyasiga bergan intervyusida.

 Jeenbekov "qiyinchiliklar va har bir qirg‘izistonlikning to‘ldirib bo‘lmas yo‘qotishi uning yuragida aks-sado berayotgani"ni ta’kidladi.

 "Yaqinlari halok bo‘lgan vatandoshlarimizning oilalariga yana bir bor chuqur ta’ziyamni bildiraman", - dedi Qirg‘iziston prezidenti.

 Ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda COVID-19ga chalinganlar soni 32,1 mingdan oshgan, 1249 kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!