Qirg‘iziston tashqi qarzini 2035 yilgacha to‘liq qoplamoqchi

Qirg‘iziston tashqi qarzini 2035 yilgacha to‘liq qoplamoqchi

Qirg‘iziston yaqin 11 yil ichida tashqi qarzini to‘liq to‘lash niyatida. Bu haqda mamlakat Prezidenti Sadir Japarov Kabar agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“2035 yilga borib, bugungi kungacha to‘planib qolgan 5 milliard dollarlik tashqi qarzlarimizni to‘laymiz. Iqtisodiyotimiz yaxshilandi. Mamlakatda tinchlik va barqarorlik bor ekan, biz bemalol to‘laymiz”, – deydi davlat rahbari.

Shuningdek, avvalgi qarzlarni xalq hisobidan – respublika byudjetidan to‘lanishini ma’lum qildi. Chunki bungacha birorta ham o‘zini-o‘zi ta’minlovchi loyiha bo‘lmagan.

Shu bilan birga, Japarov Qirg‘iziston istiqbolli loyihalar, jumladan, qiymati 5-6 milliard dollarlik “Qambar-Ata 1” GESi qurilishi uchun yangi tashqi kreditlardan voz kechishni rejalashtirmayotganini bildirdi.

“Kelajakda qancha qarz olsak ham, har bir loyiha o‘zini oqlaydi. Respublika byudjeti va xalq cho‘ntagiga hech qanday og‘irlik bo‘lmaydi”, – dedi Prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!