Qidiruvga berilgan namanganlik jinoyatchi Rossiyada qo‘lga olindi

Qidiruvga berilgan namanganlik jinoyatchi Rossiyada qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB xodimlari chet davlatlardagi hamkasblari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorliklari natijasida, jinoyat sodir etib boshqa davlatlar hududida sud va tergovdan yashirinib yurgan shaxslarni aniqlashmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi ( O‘g‘rilik ) va 227-moddasida ( Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish ) ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Sergeli tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga e’lon qilingan 25 yoshli namanganlik Islomjon I. 21-aprel kuni Rossiya Federasiyasi hududida Toshkent shahar IIBBning so‘roviga ko‘ra qo‘lga olindi.

Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan sud hibsga olish ehtiyot chorasini qo‘lladi. Qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistondan chetda bo‘lganligiga qaramasdan, uning turar joyi Toshkent shahar IIBB xodimlarining rossiyalik hamkasblari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorliklari natijasida aniqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!