Qidiruvdagi topilgan Malibu auksion savdoga qo‘yilmoqda

Qidiruvdagi topilgan Malibu auksion savdoga qo‘yilmoqda

Majburiy ijro byurosining Toshloq tumani bo‘limi tomonidan FIB Farg‘ona tumanlararo sudining 02.06.2022 yil kungi qaroriga asosan qarzdor “Amur oq tilla” fermer xo‘jaligidan undiruvchi ATB “Ipoteka” Farg‘ona filiali foydasiga 279 mln. 118 ming so‘m kredit qarzni undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdor ogoxlantirilgan bo‘lsada, bank oldidagi qarzini to‘lamay kelgan.

Davlat ijrochisi tomonidan 27.07.2022 yil kuni garov mulki bo‘lgan Malibu rusumli avtomashinaga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Boshqarmaning qidiruv sho‘’basi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlar davomida 29.07.2022 yil kuni Malibu avtomashina Farg‘ona shahridan topilib, xatlandi va byuroning jarima maydoniga olib kirildi.

Hozirda xatlangan mulkni savdoga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!