Qashqadaryoda kaliy zavodining zararli suvlari to‘g‘ridan to‘g‘ri soyga oqizilayotgani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryoda kaliy zavodining zararli suvlari to‘g‘ridan to‘g‘ri soyga oqizilayotgani ma’lum bo‘ldi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda uning hududiy boshqarmasi tomonidan Dehqonobod tumanida joylashgan “Dehqonobod kaliy zavodi” faoliyati o‘rganildi.

Tekshiruv davomida yer ostida hosil bo‘lgan sizot suvlarini tashqariga chiqarish uchun shaxta loyihasi asosida markaziy nasos stansiyasi qurilgani, loyihada esa suv tozalash inshooti ko‘zda tutilmagani oqibatida chiqindi suvlarning uchdan ikki qismi ruda changini bosish uchun ishlatilib, bir qismi to‘g‘ridan to‘g‘ri “Tuyashsoy”ga tashlanayotgani ma’lum bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, kon faoliyati uchun ishlab chiqilgan “Ekologik oqibatlar bayonoti” loyiha hujjatida (2018 yil) hosil bo‘lgan shaxta suvlarini maxsus tuz saqlash hovuziga joylashtirish belgilangan bo‘lsa-da, amalda mazkur yer osti sizot suvlari soyga tashlanmoqda. Mazkur suvlarning tarkibi korxonaga tegishli bo‘lgan markaziy laboratoriya tomonidan 2022 yil 17 avgust oyidan boshlab tahlil qilina boshlangan va natijalari qayd etib borilgan. Shuningdek, 2020 yilda o‘tkazilgan tekshirishda ushbu manbadan hosil bo‘lgan sizot suvlarni soyga tashlamaslik bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalarga amal qilinmagan.

Yuqoridagi qonun buzilishi holatlaridan kelib chiqib, “Dehqonobod kaliy zavodi”ga 363 million so‘mdan ortiq kompensasiya to‘lovi belgilangan. Shuningdek, tekshirish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 18 banddan iborat majburiy ko‘rsatmalar berilgan.

2023 yilning oktyabrida Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi “Ramazon” (xalq tilida “Selina”) mahallasidagi xonadonlarga ichimlik suvi qon aralash kelayotgani aytilgan video tarqalgandi. O‘shanda shahar hokimligi mazkur holat mas’ullar e’tiboriga olinganini, muammo bartaraf etilayotganini bildirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!