Qamoqxonalar tayyorlandi: Turkmaniston norozilik namoyishiga qarshi tayyorgarlik ko‘rmoqda

Qamoqxonalar tayyorlandi: Turkmaniston norozilik namoyishiga qarshi tayyorgarlik ko‘rmoqda

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Milliy xavfsizlik vazirligiga jamoat xavfsizligini buzish va tartibsizliklarga qarshi kurashni kuchaytirishni topshirdi. Shuningdek, u fuqarolarning «konstitusiyaviy tuzum uchun xavfli» internet manbalariga kirishini cheklashga chaqirdi.

"Viloyat huquq-tartibot idoralari Ashxoboddan Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik vazirligining maxsus bo‘linmalarini yuqori shay holatga keltirish to‘g‘risida buyruq oldi”, — deyiladi manbada. Tergov izolyatorlari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida kichik jinoyatlar uchun qamalganlarni ozod qilishni talab qilishdi. Turkmanoboddagi sobiq 8-koloniyada ko‘p sonli mahbuslarni qabul qilish uchun binolardan biri tayyorlangan.

Hukumat qaroridan oldin Lebap viloyatining Farap etrapidagi mahalliy ma’muriyat yaqinida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bino yaqinida 200 ga yaqin odam to‘plangan. Ular davlat tomonidan subsidiya qilinayotgan bir qator oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshganidan noroziligini bildirdi. Shu tariqa, joriy yilning 1 yanvaridan boshlab Farap davlat do‘konlarida ayrim imtiyozli oziq-ovqat mahsulotlari narxi 7-8 barobarga oshdi. Masalan, uch manat (0,8 dollar) bo‘lgan bir litr paxta yog‘i endi davlat do‘konlarida 24 manatdan (6,8 dollar) sotilmoqda.

Yig‘ilganlar oziq-ovqat bozor narxida sotilishini talab qilishdi.

Biroz vaqt o‘tgach, qora niqobli qurollangan harbiylar ma’muriyatga yetib kelishdi va binoni o‘rab olishdi. Mahalliy polisiya aholini "to‘polon" uyushtirishga urinishda ayblab, ularni otib tashlash bilan tahdid qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!