Qalblarni poklash sari: Gunohni orzu qilganni, do‘zax orzu qilibdi

Qalblarni poklash sari: Gunohni orzu qilganni, do‘zax orzu qilibdi

6. Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Kim ilm talabida bo‘lsa, jannat uning talabida bo‘ladi. Kim gunoh talabida bo‘lsa, do‘zax uning talabida bo‘ladi”.

7. Yahyo ibn Muoz roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Oliyjanob kishi Allohga osiy bo‘lmaydi. Hakim donishmand esa bu dunyoni oxiratdan ustun qo‘ymaydi”.

8. A’mash roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Kimning sarmoyasi taqvo bo‘lsa, tillar uning dinining foydasini vasf qilishdan charchabdi. Kimning sarmoyasi mol-dunyo bo‘lsa, tillar uning dinining zararini vasf qilishdan charchabdi”.

(Izoh: Kim taqvoni asos qilib, mahkam ushlasa demak dinida ko‘p manfaat olar ekan. Kim mol-dunyoni asos qilib, unga suyansa demak dinida ko‘plab zarar topar ekan.)

9. Sufyoni Savriydan rivoyat qilinadi:
“Har bir gunohki shahvat orqali sodir bo‘lsa, uning kechirilishi umid qilinadi. Har bir gunohki kibru havodan sodir bo‘lsa, mag‘firat qilinishiga umid qilinmaydi. Chunki Iblisning gunohi aslida kibru havodan bo‘lgan edi. Odam alayhissalomning toyilishlari esa aslida shahvat ya’ni, nafsga tobe’likdan sodir bo‘lgan edi”.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!