Putin Checheniston rahbarini orden bilan taqdirladi

Putin Checheniston rahbarini orden bilan taqdirladi

Ma’lum qilinishicha, Magomed Daudov Ramzan Qodirovning taqdirlangani haqida o‘zining Instagram sahifasida ochiqlagan. Qodirov ushbu orden bilan Checheniston respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ulkan hissasi va ko‘p yillik vijdonli mehnati uchun taqdirlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ramzan Qodirov bugungi kungacha «Rossiya Qahramoni» unvoni, «Jasorat», IV darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» ordeni, «Shon-sharaf» ordeni, II darajali «Harbiy jasorati uchun» medali bilan taqdirlangan. Shuningdek, u Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining faxriy a’zosi, Checheniston Respublikasining faxriy fuqarosi hisoblanadi.

https://ria.ru/20210929/kadyrov-1752405506.html


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!