"PSJ" direktori: "Neymar ketmoqchi, ammo sotmaymiz"

"PSJ" direktori: "Neymar ketmoqchi, ammo sotmaymiz"

"PSJ" sport direktori Leonardo Neymarning transferi borasida fikr bildirdi.

"8 iyulda Neymar "PSJ"ga qaytishi kerak edi, ammo bunday qilmadi. Biz buni e’tiborsiz qoldirmaymiz, uni jazolaymiz. Neymar klubdan ketmoqchi ekanligini hamma tushunib bo‘ldi. Ammo hali uch yillik shartnoma bor, uning transferi borasidagi takliflarni esa ko‘rib chiqmayapmiz.

"Barselona" Neymarning qaytishni istayotganini aytdi, ammo biz uni Kataloniya klubiga sotmaymiz, chunki taklif qoniqtirmaydi. Qachon biz so‘ragan pulni berishsagina Neymarni sotishimiz mumkin", dedi Leonardo.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!