Prezidentga 6 marotaba suiqasd qilishganini bilarmidingiz?

Prezidentga 6 marotaba suiqasd qilishganini bilarmidingiz?

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat janubiga qilgan tashrifi chog‘ida o‘ziga nisbatan olti marta suiqasd qilinganini aytdi. Bu haqda "Asia-Plus" nashri xabar beradi.

Boljuvon tumani rahbariyati bilan uchrashuvi chog‘ida unga portret sovg‘a qilindi. Ushbu portretda uning hokimiyat tepasidagi dastlabki yillarda yashagan va ishlagan xonadoni tasvirlangan.

Emomali Rahmon: "Bomba parchalari haligacha oyog‘imda qolib ketgan"

Tojikiston prezidenti portretga qarar ekan, quyidagi jumlalarni aytdi: "Ikkiga ikki bu xonada qariyb to‘rt yil yashaganman. Binoni bir necha bor o‘qqa tutishgan. Qancha teraktlar bo‘lgan! Xo‘jandda Kamoli Xo‘jandiy teatri yonida 75 kishi, jumladan men ham yaralanganman. Ikki kishi halok bo‘lgan. Bomba parchalari haligacha oyog‘imda qolib ketgan. Olti marta suiqasd qilishgan, taqdir ekan. Esingizda bo‘lsa, Badaxshonda tinchlik va birlik uchun jonimni qurbon qilaman, lekin Tojikistonga tinchlik olib kelaman degandim", deydi Rahmon.

Eslatib o‘tamiz, Emomali Rahmon 1994 yil noyabrdan buyon Tojikistonni boshqarib keladi. Uning dastlabki boshqaruv yillari mamlakatdagi fuqarolar urushi davriga to‘g‘ri kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!