Prezident tomonidan Buxorodagi fojiada halok bo‘lganlarning oilalariga 10 mln so‘mdan ajratildi

Prezident tomonidan Buxorodagi fojiada halok bo‘lganlarning oilalariga 10 mln so‘mdan ajratildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan Buxoro viloyatida avtobusdagi gaz balloni portlab ketishi oqibatida vafot etganlarning oilasiga moddiy yordam pullari ajratildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, vafot etganlarning oilasiga 10 mln. so‘mdan, og‘ir tan jarohati olganlarga 5 mln. so‘mdan va  qolgan jarohatlanganlarga 2 mln. so‘mdan moddiy yordam pullari ajratib berilgan.

Marhumlarning janoza marosimlari uchun barcha xarajatlar Vobkent tuman hokimligi tomonidan amalga oshirilmoqda.  

Bundan tashqari, aniqlanishicha, Qorovulbozor tumanidagi “Rahmon Ahmad” fermer xo‘jaligi raisi R.Ahmedov, Vobkent tumani “Pushmon” MFY, “Xayrabodcha” qishlog‘ida yashovchi G.Roziqova tomonidan 25 nafar fuqarolardan iborat qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish uchun tashkil qilingan mavsumiy madad guruhi bilan kuniga har bir ishchiga 25 ming so‘m haq to‘lash evaziga fermer xo‘jaligida ekilgan makkajo‘xori boshoqlarini terish, shuningdek jabrlanganlarning so‘ziga ko‘ra, paxta terish uchun og‘zaki kelishib, Vobkent tumanidan Qorovulbozor tumaniga olib ketayotgan vaqtda ushbu hodisa sodir bo‘lgan.   


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!