Prezident pensiya va nafaqalarni 10 foizga oshirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi

Prezident pensiya va nafaqalarni 10 foizga oshirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzolandi.

Unga ko‘ra, 2020 yil 1 sentyabrdan pensiya va nafaqalar miqdori 1,1 barobar oshiriladi.

Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 so‘m etib belgilandi. Bunda o‘rtacha pensiya miqdori 764 ming so‘mdan 841 ming so‘mgacha oshadi.

  • - eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 513 350 so‘m;
  • - bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 so‘m;
  • - zarur ish staji (7 yil)ga ega bo‘lmagan 37,5 ming nafar keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 so‘m.

Pandemiya davrida bu nima beradi?

2,8 mln keksalar, 687 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar, 210 mingdan ortiq boquvchisini yo‘qotgan shaxslar moddiy qo‘llab-quvvatlanadi

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlariga 2020 yil oxirigacha byudjetdan qo‘shimcha 2,5 trln. so‘m yo‘naltiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!