Polshada ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘zbekistonlik hibsga olindi

Polshada ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘zbekistonlik hibsga olindi

Polshada ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘zbekistonlik hibsga olindi. Bu haqda TIV xabar qildi.

O‘zbekistonning Polshadagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yil 22 iyun kuni Polshaning Ostrov Mazoveski shahri yaqinidagi avtomobil yo‘lida mamlakat fuqarolari A.M. va J.Dj. ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berib, uning oqibatida ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan.

Ostrov Mazoveski shahri polisiyasi axborotiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi, avtomobil haydovchisi A.M.ga nisbatan “ikki kishining halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan yo‘l harakati qoidalarini buzish” ayblovi e’lon qilinib, uni sudga qadar tergov izolyatoriga joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Yo‘lovchi, O‘zbekiston fuqarosi J.Dj.ga tibbiy yordam ko‘rsatilib, u guvoh sifatida so‘roq qilingan.

“Elchixona vaziyatni nazoratga olgan”, - deyiladi xabarda.

Konsullik-huquqiy departament Polsha hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda O‘zbekistonning Varshava shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +48-22-894-62-30 (2)

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!