Pokiston Tashqi ishlar vaziri ham koronavirusga chalindi

Pokiston Tashqi ishlar vaziri ham koronavirusga chalindi

O‘tgan hafta, juma kuni Pokiston Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy koronavirus infeksiyasini yuqtirganini ma’lum qildi.

“Bugun men haroratim biroz oshganini his qildim va shu zahotiyoq uyda karantinni boshladim. COVID-19 ga test topshirdim va tahlil musbat natija berdi. Allohning inoyati bilan o‘zimni kuchli va baquvvat his qilyapman. Hukumat oldidagi o‘z vazifalarimni uydan turib bajarishda davom etaman. Iltimos, meni duo qilinglar”, deb yozadi Tashqi ishlar vaziri "Tvitter"dagi sahifasida. 

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Pokistonda 223 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 4,5 mingdan ortiq inson vafot etgan.

Bugungacha Pokiston Milliy Assambleyasi spikeri Asad Qayser, Sind viloyati gubernatori Imron Ismoil, Pokiston Xalq partiyasi rahbari Said G‘ani va Temir yo‘llar vaziri Shayx Rashidga COVID-19 ni yuqtirgani aniqlangan edi. Ularning barchasi butkul sog‘ayib ketdi, deya aniqlik kiritmoqda “Novosti” axborot agentligi.

Shuningdek, mamlakatda koronavirusga chalingan bir qator siyosatchilar ushbu kasallikdan vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!