Piyodaning fojiali vafotiga sababchi bo‘lgan haydovchi topildi

Piyodaning fojiali vafotiga sababchi bo‘lgan haydovchi topildi

 

Avvalroq, Namangan viloyati Pop tumanida haydovchi odam urib yuborgani va voqea joyidan yashiringani haqida xabar bergan edik.
 
Voqea tumanning “Qo‘shminor” MFY hududida sodir bo‘lgan. Haydovchi piyoda Andijon viloyati Jalaquduq tumani Qatortol mahallasida yashagan 41 yoshli Erkin Ergashboyevni urib yuborgandi.
 
Haydovchining voqea joyidan ketib qolishi natijasida birinchi yordam ko‘rsatilmagan jabranuvchi shu yerning o‘zida vafot etgan.

Fuqarolarning o‘z vaqtida bergan ma’lumotlari va ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Andijon shahrida yashovchi B.Z. sodir etgani aiqlandi. U o‘z boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinasida fuqaroni urib yuborib, voqea joyidan yashiringani ma’lum bo‘lgan.
 
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!