Pensiya va nafaqa tayinlashda STIR talab etish bekor qilindi

Pensiya va nafaqa tayinlashda STIR talab etish bekor qilindi

Ma’lumki, 2019 yil 1 avgustdan boshlab davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan jismoniy shaxslardan jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchalari, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnomalar, soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida guvohnomalar, to‘langan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risida ma’lumotnomalar talab qilish taqiqlangan.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xabariga ko‘ra, ushbu hujjatlarni davlat soliq xizmati organlari, ATB "Xalq banki", O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan elektron o‘zaro hamkorlik orqali faqat idoralararo integrasiyalashuv platformasiga axborot olish uchun ulanish yo‘li bilan mustaqil ravishda so‘rab olishlari belgilandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va "elektron hukumat" tizimi foydalanuvchilarini identifikasiyalashning yagona axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 365-son qaroridan kelib chiqqan holda Pensiya jamg‘armasining “Pensiya” dasturi "Elektron hukumat" tizimi bilan bog‘landi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, fuqarolarga pensiya (nafaqa) tayinlanishda STIR talab etish bekor qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!