Parhezshunos saratondan himoya qila oladigan mahsulotlarni ma’lum qildi

Parhezshunos saratondan himoya qila oladigan mahsulotlarni ma’lum qildi

Rossiyalik parhezshunos Natalya Denisova organizmni saraton o‘smalari paydo bo‘lishidan qanday mahsulotlar himoya qilishini ma’lum qildi.

Bu haqda "Rossiyskaya gazeta" yozadi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, hujayra membranadagi oksidlanish jarayoni tufayli zaiflasha boshlaydi, bu radiasiya, stress va boshqa omillar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Bir qator oziq-ovqat mahsulotlarida mavjud bo‘lgan antioksidantlar bu jarayonni to‘xtatgan holda hujayralarni himoya qiladi.

C, E vitaminlari hamda beta-karotin esa kuchli antioksidantlar hisoblanadi. O‘z navbatida, C vitamini kivi, qora qorag‘at, qizil qalampir va hatto kartoshka hamda piyozda juda ko‘p miqdorda bo‘ladi. E vitaminining ko‘p qismini esa o‘simlik moylari va yong‘oqlarda topish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!