Pandemiya: yana bir mamlakat aholiga pul berishga qaror qildi

Pandemiya: yana bir mamlakat aholiga pul berishga qaror qildi

Singapur hukumati pul tarqatishga qaror qilgan yana bir davlatga aylandi, dedi bosh vazir o‘rinbosari va moliya vaziri Xen Svi Kit. Uning ta’kidlashicha, ushbu maqsad uchun 2,5 milliard dollar ajratilgan.

Birinchi yordam paketi allaqachon aprel oyida to‘langan. Ikkinchi paketni to‘lash 18 iyundan boshlanadi va qiymati 300 dan 600 dollargacha bo‘ladi. Shuningdek, 20 yoshgacha bo‘lgan farzandlari bor oilaga qo‘shimcha 300 dollardan beriladi.

Inqiroz va pandemiya holatida fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun YAIMning 20 foizi miqdorida mablag‘lar ajratilgan bo‘lib, umumiy pul miqdori 70,3 milliard dollarni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!