Oshqozon uchun xatarli mahsulotlar nomi aytildi

Oshqozon uchun xatarli mahsulotlar nomi aytildi

Nemis gastroyenterologi, professor va Krefeldagi Helios xususiy klinikasining tibbiy direktori Tomas Freling  qaysi mahsulotlar ichak shilliq qavatiga zararli ekanligini aniq aytib berdi.

Freling ma’lumotlariga ko‘ra, oddiy shakar, bug‘doy, marmelad va shokolad ichaklar uchun juda xatarli hisoblanadi.

Ichak shilliq qavatining yo‘q qilinishining oldini olish uchun makkajo‘xori, mol go‘shti, dudlangan  kolbasa mahsulotlarini iste’mol qilishni kamayishtirish kerak. Agar siz ushbu mahsulotlarni haftasiga bir marta tanovul qilsangiz, zarari unchalik bo‘lmaydi.

Agar odam qichishish va qorin og‘rig‘idan azob cheksa, unda bunday mahsulotlardan foydalanmaslik yaxshiroqdir.

Banan, kartoshka pyuresi, baliq, qaynatilgan kartoshka va karam kabi mahsulotlar  esa ichaklarni himoya qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!