Olmaotada polisiya qirg‘iz fuqarosini ayovsiz kaltaklagan. Qirg‘iziston rasmiy shikoyat yo‘lladi

Olmaotada polisiya qirg‘iz fuqarosini ayovsiz kaltaklagan. Qirg‘iziston rasmiy shikoyat yo‘lladi

Qozog‘istonning Qirg‘izistondagi elchisi Nurlan Gilmanov 21 yanvar kuni Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilindi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida elchiga Qirg‘iziston fuqarosi Cho‘lponbek Sidiqovga nisbatan nota topshirilgan.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari xodimlarining Qirg‘iziston fuqarosiga nisbatan sog‘lig‘iga og‘ir zarar yetkazgan qonunga xilof harakatlarni qo‘llash bo‘yicha harakatlaridan xavotir bildirdi.

Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirligi voqeaning barcha holatlariga oydinlik kiritish va barcha aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish hamda Cho‘lponbek Sidiqovning sog‘lig‘iga og‘ir zarar yetkazganlik uchun tovon to‘lash bo‘yicha har tomonlama va xolis tekshiruv o‘tkazish zarurligiga e’tibor qaratdi.

Cho‘lponbek Sidiqov Olmaotadagi tartibsizliklardan so‘ng hibsga olingan edi. Uning ikkala oyog‘i, qovurg‘alari ochiq singan, boshi jarohatlangan.

«Avval harbiylar uni ushlab, keyin polisiyaga topshirishdi, keyin kaltaklashdi, 2 oyog‘ini, qovurg‘alarini sindirishdi, keyin kasalxonaga olib ketishdi, hech qanday ma’lumot berishmadi. Bugun biz uni topdik», dedi 19 yanvar kuni Qirg‘izistonning Qozog‘istondagi elchisi Nazarali Aripov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!