Olimlarning boshi qotmoqda: global isishning yangi sababi paydo bo‘ldi

Olimlarning boshi qotmoqda: global isishning yangi sababi paydo bo‘ldi

Global isish jarayoni boshlangandan buyon, insoniyat zanjirli reaksiyani ham boshlab yubordi. Endi uni to‘xtatish oson bo‘lmaydi.

Smitsonovsk ekologiya ilmiy-tadqiqot markazi olimlarining aniqlashicha, oxirgi yillarda bakteriya va zamburug‘lar ajratayotgan is gazi miqdori keskin ortib ketgan. Haroratning ortishi tuproqning isib ketishiga ta’sir etgan. Bu esa o‘z navbatida mikroorganizmlar va tuproqda yashovchi jonzotlarning ko‘payishini tezlashtirgan.  Ular esa havoga katta miqdorda  SO2 chiqaradi.

Is gaziglobal isishning eng asosiy sababi bo‘ladi.  Atmosferaga chiqayotgan iz gazining 90 foizi tabiiy yo‘l bilan sodir bo‘ladi. Bularning bari jahon ekotizimidan, asosan tuproqdan chiqadi. Ularni o‘simliklar o‘zining hayot tarzi jarayonida yana tuproqqa qorishtiradi va shu yo‘l bilan nisbatan muvozanat saqlanadi. Ammo inson, birinchidan, o‘z turmush tarzi va xo‘jalik yuritishi bilan havoga tushadigan SO2 miqdorini o‘zgartiradi, ikkinchidan, ortiqcha iz gazini “utilizasiya” qilish tizimini yo‘q qilmoqda, masalan o‘rmonlarning kesilishi sur’ati oshib bormoqda.

Sayyoramizda global isish allaqachon boshlangan va insoniyat ushbu jarayon bilan yashashga majbur. Endi uning oqibatlari bilan kurashishi hamda haqiqiy halokatlarning oldini olib yashashni o‘rganishi kerak.

Manba: terabyt.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!