Olimlar miyaning xotiralarni qanday yaratishini ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi

Olimlar miyaning xotiralarni qanday yaratishini ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi

Xotirani shakllantirish va eslash jarayoni teta to‘lqinlari deb ataladigan miya to‘lqinlari bilan bog‘liq.

“Ular gipokampusda har uch soniyada paydo bo‘ladi (bu ham istaklar va hissiyotlar uchun javobgardir)”, deb yozadi  Daily Mail nashriga tayanib “Dori-Darmon” AK Axborot xizmati.

Birmingem universiteti olimlari buni tajribada aniqladilar. Unda miyaga maxsus elektrodlar joylashtirilgan epilepsiya bilan og‘rigan bemorlar jalb qilingan.

Eksperiment jarayonida ishtirokchilar bir qator rasmlar va bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan so‘zlarni ko‘rib chiqdilar. Ulardan so‘zni tasvir bilan o‘zaro bog‘lashlari va keyin bu aloqani eslashlari so‘ralgan. Teta to‘lqinlari faqatgina odam rasm-so‘z juftligini to‘g‘ri eslaganida paydo bo‘lgan.

Shuningdek, teta to‘lqinlari odam uzoq yillik xotiralariga qaytganda paydo bo‘ladi. Kelajakda teta to‘lqinlarini o‘rganish Alsgeymer kasalligi kabi xotirani pasayishiga olib keladigan kognitiv kasalliklarga chalingan odamlarga yordam berishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!