Rossiyada ikki yillik qamoq jazosi taklif qilinmoqda. U kimlar uchun?

 Rossiyada ikki yillik qamoq jazosi taklif qilinmoqda. U kimlar uchun?

Rossiyada amaldorlar va xavfsizlik kuchlarini haqorat qilganlik uchun ikki yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi taklif qilinmoqda.

"Rossiya hukumati vakilini internetda yoki ommaviy axborot vositalarida haqorat qilganlik uchun jinoiy jazo joriy etish bo‘yicha o‘zgartirishni deputat Vasiliy Piskarev taklif qildi. Hukumat bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi", deb yozadi TASS davlat agentligi. Biroq tegishli loyiha uchun hukumat sharhi e’lon qilinmadi.

Piskarev Rossiya mansabdor shaxsni internet yoki ommaviy axborot vositalarida omma oldida haqorat qilish 1 million rublgacha jarimaga tortilishi, muayyan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum etilishi hamda ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishini taklif qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!