Farg‘ona: poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan sinfdoshlarni tok urdi

Farg‘ona: poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan sinfdoshlarni tok urdi

Shu yilning 17 sentyabr kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida poyezd vagonlari ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan ikki sinfdoshni tok urdi.

Farg‘ona: poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan sinfdoshlarni tok urdiFarg‘ona: poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan sinfdoshlarni tok urdi

Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasiga shu yilning 17 sentyabr kuni 13:00 larda hodisa haqida xabar kelib tushdi.

Xabarga asosan tergov tezkor guruhi tomonidan Buvayda tumaniga qarashli 1-sonli maktabning 2 nafar 10-sinf va 1 nafar 8-sinf o‘quvchilari Uchko‘prik tumanidagi temir yo‘l bekatiga kelgani, va temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tib, taqiqlangan hududga kirgani aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular bekatda turgan bug‘doy tashuvchi poyezd vagonining ustiga chiqib, selfi tushmoqchi bo‘lgan vaqtida ikki nafar o‘smirni yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.

Hodisa oqibatida ikki sinfdosh turli darajada tan jarohatlari olib, bolalar tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yuborilgan.

Birinchi bemor bolalar jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan. Uning tanasi 63 foiz kuygan. Ikkinchi bemorga tananing termik kuyish va o‘ng son suyagi sinishi tashxisi bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!