Oilaviy kelishmovchilik katta janjalga aylandi

Oilaviy kelishmovchilik katta janjalga aylandi

Yunusobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabrga ko‘ra, “Ahmad Donish” mahallasida yashovchi oilalardan birida janjal kelib chiqqan. Kelib tushgan xabarni tekshirish maqsadida xodimlar 29 yoshli M.A.dan xabar olishganda u turmush o‘rtog‘i 37 yoshli K.A. tomonidan jismoniy zo‘ravonlikka uchraganini ma’lum qildi.

Bu haqda "iibb.uz" xabar berdi.

Oilada ikki nafar voyaga yetmagan bolalar bor, turmush o‘rtoqlar o‘rtasidagi munosabat yomonlashgandan so‘ng erkak alohida yashab, gohida farzandlaridan xabar olishga kelib turgan. Kunlardan birida farzandlaridan xabar olish niyatida kelgan er va uning turmush o‘rtog‘i o‘rtasida janjal chiqib, natijadan kaltaklangan M.A. tibbiy yordam uchun murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Ushbu holat bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar IIBB xodimlari tomonidan sudga yo‘naltirilgan.

Yunusobod tumani IIO FMB 6-son IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor leytenant Nodir Ubaydullayeva Milliy gvardiya xizmatchisi Nozima Kalbayeva bilan hamkorlikda jabrlanuvchiga himoya orderi kabi hujjat haqida ma’lumot berib, uni qabul qilishni taklif etishdi. Ammo ayol taklifni rad etib, mazkur holat qaytarilmasligiga ishonishini aytdi. Holat nazoratga olindi, ayolga huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!