Og‘ir atletikachilarimizning Olimpiya o‘yinlaridagi yo‘llanmalari soni 3 taga yetdi

Og‘ir atletikachilarimizning Olimpiya o‘yinlaridagi yo‘llanmalari soni 3 taga yetdi

Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi (IWF) O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga “Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan iste’dodli sportchimiz Tursunoy Jabborova to‘g‘risida xabar yo‘lladi.

Xabarda -81 kilogramm vaznda yozgi Olimpiya o‘yinlarining og‘ir atletika musobaqalarida “Parij-2024” medallari uchun kurashadigan sportchilar ro‘yxatiga milliy terma jamoamiz a’zosi Tursunoy Jabborova kiritilgani e’tirof etilgan.

Darhaqiqat, O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasining xalqaro darajadagi manfaatli hamkorlik aloqalari samarasida Qashqadaryo viloyati og‘ir atletika maktabi tarbiyalanuvchisi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari sport jamiyati a’zosi, jahon chempioni Tursunoy Jabborova “Parij-2024”ning alohida iqtidorli sportchilar uchun ajratiladigan Olimpiya yo‘llanmasi sohibi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarining og‘ir atletika musobaqalari uchun 120 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, ikki yil davomida 200 dan ziyod davlatning sportchilari saralash turnirlarda qatnashdi.

Tursunoy Jabborovaning muvaffaqiyati tufayli o‘zbekistonlik 3 nafar og‘ir atletikachi “Parij-2024” supachasida Olimpiada medallari uchun kurash olib borish huquqiga ega bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!