Odil Ahmedov O‘zbekistonga qaytdi?!

Odil Ahmedov O‘zbekistonga qaytdi?!

Xitoyning «Sanchjou Layons» klubi safida faoliyat olib borayotgan Odil Ahmedov jarohat oldi.

Titan Sports’ning yozishicha, o‘zbekistonlik 33 yoshli yarimhimoyachi klubi safida olgan jarohati tufayli Guanchjoudan O‘zbekistonga qaytgan. Qayd etilishicha, Ahmedov klubining bugungi «Guanchjou»ga qarshi o‘yini va yana ikki bahsini o‘tkazib yuboradi. Tiklanish jarayonini O‘zbekistonda o‘tkazib, so‘ng Xitoyga qaytadi.

Ma’lumot uchun, Odil Ahmedov «Sanchjou Layons»ning joriy mavsumgi 3 o‘yinida maydonga tushgandi. Klub Xitoy Superligasi 4-turidan keyin 2 ochko bilan «A» guruhida so‘nggi 8-o‘rinda bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!