Odamlarni vaksina olishga majburlay olmaymiz-Lukashenko

Odamlarni vaksina olishga  majburlay olmaymiz-Lukashenko

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko majburiy emlashga qarshi ekanini ma’lum qildi. Ba haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Yana bir marta takrorlayman: emlanish kerak. Men hech qachon vaksinaga qarshi bo‘lmaganman. Agar aksincha bo‘lganda, Putin bilan “Sputnik-V” borasida kelishuvga erishmagan bo‘lardim. Odamlarga vaksina olishni taqiqlay olmaganim kabi, siz ham ularni emlashga majburlay olmaysiz”, – degan Belarus rahbari.

9 oktyabrdan mamlakatda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlangani ma’lum qilindi. Barcha kasalxona va poliklinikalar shay holatga keltirilgan. Belarusda majburiy niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash joriy etilgan. Hozirda butun respublika bo‘ylab har kuni ikki ming kishida koronavirus aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!