OAV: Uzbek Tigers jamoasi tarqatib yuborildi

OAV: Uzbek Tigers jamoasi tarqatib yuborildi

Butunjahon boks seriyalari WSB musobaqalarida ishtirok etib kelgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda GoSportga asoslanib Daryo xabar berdi.

Manbaning yozishicha, yangi mavsumda O‘zbekiston boks federasiyasi WSB musobaqalarida ishtirok etuvchi jamoani moliyalashtirishni to‘xtatishga qaror qilgan.

Ta’kidlanishicha, bunga havaskor boks bo‘yicha terma jamoaning boshqa musobaqalarda ishtirok etishi sabab sifatida ko‘rsatilgan. Qayd etish joiz, 2018 yil boshida ham Uzbek Tigers jamoasining tugatilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Uzbek Tigers jamoasi 2016 yildan buyon WSB musobaqalarida ishtirok etib keladi.

Jamoa birinchi mavsumdagi ishtirokidayoq musobaqaning yarim finaliga qadar yetib borgan va bronza medallari bilan taqdirlangandi. 2017 yilgi mavsumda jamoa chorak finalga qadar yetib borgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!