Nukus oqava suv filialida davlatga 2 mlrd so‘mlikdan ortiq zarar keltirilgani aniqlandi

Nukus oqava suv filialida davlatga 2 mlrd so‘mlikdan ortiq zarar keltirilgani aniqlandi

Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limining tezkor sho‘’basi tomonidan «Tuyamuyun Nukus» mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi Nukus shahar oqava suv filialiga qarashli 21 ta kanalizasiya nasos stansiyalarida ichimlik suvdan foydalanish holati tekshirildi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar berdi.

O‘tkazilgan tekshirishda 12 ta ob’ektda ichimlik suvdan suv hisoblagich uskunasi o‘rnatmasdan foydalanayotganligi holatlari aniqlanib, belgilangan tartibda huquqbuzarlik va tarmoqdan ajratish dalolatnomalari rasmiylashtirilgan.

Aniqlangan qoidabuzarlik holatlari yuzasidan Nukus shahar oqava suv filiali boshlig‘i Azat Aimbetov o‘z tushuntirishlarida tekshirishdan o‘tkazilgan 5 ta ob’ektda SP va 7 ta ob’ektda KNS rusumli nasos stansiyalari o‘rnatilib bo‘lib, suvdan ushbu joyda ishlovchi xodimlar o‘z ehtiyojlari uchun foydalanib kelganligi sababli suv hisoblagich uskunalari o‘rnatilmaganligini bildirgan.

Tegishli mutaxassislar ishtirokida qoidabuzarlik aniqlangan ob’ektlarga borib davlat qiyoslovidan o‘tgan manometr yordamida ichimlik suvning bosimlari o‘lchanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganda, tekshirish o‘tkazilgan 12 ta ob’ekt bo‘yicha jami 2 milliard 155 million so‘m miqdorida davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda yuqoridagi holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari o‘tkazilishi davom ettirilib, aybdorlarning javobgarlik masalasi hal etilmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!