Noqulay ob-havo tufayli samolyot qo‘na olmadi

Noqulay ob-havo tufayli samolyot qo‘na olmadi
Tojikiston milliy aviakompaniyasining Dushanbedan Olmaotaga parvoz qilgan samolyoti quyuq tuman tufayli ko‘rish darajasi yomonligi sabab qo‘na olmagan va zaxiradagi aerodromga yuborilgan.
 
Olmaota aeroportidagi uchish va qo‘nish tablosida “TajikAir“ aviakompaniyasining 7J4897 reysi kechikayotgani qayd etilgan. Mahalliy axborot agentliklari Olmaota aeroporti matbuot xizmatiga tayanib, noqulay ob-havo sharoiti tufayli samolyot Chimkentdagi zaxira aerodromiga yuborilgani borasida xabar tarqatdi. 
 
Xabarlarga ko‘ra, ob-havo sabab mahalliy aviakompaniyalarning bir qator reyslari kechikayotgani ham ta’kidlanadi. 
 
Shuningdek, aeroport hatto quyuq tumanda ham har qanday samolyotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega, faqat ekipaj va havo kemasi tegishli kategoriyaga ega bo‘lishi kerak. Matbuot xizmati yo‘lovchilarga reyslar vaqtini aeroport ma’lumotxonasidan yoki aviakompaniyalardan aniqlab olishni tavsiya qildi. 
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!