Niderlandiya 2026 yilgacha Ukrainaga yordamni yana 4,4 milliard yevroga oshirdi

Niderlandiya 2026 yilgacha Ukrainaga yordamni yana 4,4 milliard yevroga oshirdi

Niderlandiya hukumati o‘z saytida Ukrainaga harbiy va gumanitar yordam hajmini yana 4,4 milliard yevroga oshirishga qaror qilgani, bu mablag‘lar 2024 yildan 2026 yilgacha ajratilishini ma’lum qildi.

Juma kuni Niderlandiya Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Mark Ryutte joriy yil davomida Gaaga Ukrainaga harbiy yordam uchun qo‘shimcha 1 milliard yevro, 2025 yilda esa yana 3 milliard yevro ajratishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Niderlandiya Ukraina iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun 400 million yevro ajratadi.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, joriy e’londan oldin Niderlandiya 2024 yilda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 2 milliard yevro ajratishni rejalashtirgan.

Niderlandiya Ukrainaning Yevropadagi eng faol ittifoqchilaridan biri, shu jumladan, ushbu mamlakat rasmiylari Ukraina Qurolli Kuchlarini F-16 qiruvchi samolyotlari bilan ta’minlash niyatida.

Ryutte hukumati vaqtinchalik, chunki yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovlardan keyin mamlakatda yangi vazirlar mahkamasi paydo bo‘lishi kutilmoqda. U hali paydo bo‘lmagan, birgalikda parlamentda ko‘pchilik ovoz olgan partiyalar koalisiyasi tomonidan tuzilishi kerak bo‘ladi. Niderlandiyadagi partiyalar o‘rtasidagi muzokaralar ko‘pincha bir necha oy davom etadi va yangi hukumat paydo bo‘lgunga qadar mamlakatni eskisi boshqaradi.

Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga ko‘proq shubha bilan qaraydigan Geert Vilders boshchiligidagi o‘ta o‘ngchi Ozodlik partiyasi noyabrdagi saylovlarda eng ko‘p o‘rin olgan edi.

Mart oyida Vilders bosh vazir bo‘lishga intilmayotganini aytdi; shu bilan birga, uning partiyasining kelajakdagi hukumat siyosatiga ta’siri u yoki bu tarzda sezilarli bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!