"NEXIA 3" 80 ta ijro hujjati sabab xatlandi

"NEXIA 3" 80 ta ijro hujjati sabab xatlandi

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi Yunusobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi U.Tojiyevning ish yurituviga YHXBning qarorlariga asosan, qarzdor SH.K.dan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmay harakatlanishi oqibatida jami 80 ta ma’muriy jarimalardan 28 million 677 ming 500 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari kelib tushgan.

Qarzdorga nisbatan davlat ijrochisi tomonidan berilgan ogohlantirishlarga qaramasdan, 80 ta ijro hujjatlari tamomlanmagan. Shundan so‘ng, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan "NEXIA 3" xatlanib, jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Hozirda avtotransport vositasini auksion savdosi orqali sotish choralari ko‘rilmoqda. Savdolardan tushgan pul mablag‘lari 28.677.500 so‘m miqdoridagi ma’muriy jarimalarni qoplashga yo‘naltiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!