Nemis harbiylari ham Afg‘onistonni tark etadi, agar...

Nemis harbiylari ham Afg‘onistonni tark etadi, agar...

AQSh qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etsa, Germaniya harbiylari ham u yerdan olib chiqiladi. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi.

Bundesver xorijdagi operasiyalarda hech qachon yakka o‘zni qatnashmaydi, faqatgina alyanslar va koalisiyalar tarkibida ishtirok etadi , dedi vazir Die Zeit gazetasiga bergan intervyusida.

Fon der Lyayenning qayd etishicha, Germaniyaning Italiya va Buyuk Britaniya singari ittifoqdoshlari ham ana shu tamoyilga amal qiladi.

AQSh Afg‘onistondagi 14 minglik qo‘shinning bir qismini olib chiqmoqchi. Bu mamlakatda Germaniyaning qariyb 1300 nafar harbiysi bor, ular afg‘on harbiylari uchun mashg‘ulotlar o‘tib beradi.

Ursula fon der Lyayen AQShni qo‘shinlarini olib chiqmaslikka chaqirdi. Uning fikricha, afg‘on hukumati mamlakatda xavfsizlikni ta’minlashga qodir emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!