Navoiylik shifokorlarning koronavirus yuqtirgani rasman tasdiqlandi

Navoiylik shifokorlarning koronavirus yuqtirgani rasman tasdiqlandi

Navoiy viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi xodimi S.Ahmadov ijtimoiy tarmoqlar orqali prezidentga murojaat qilib, o‘zi faoliyat olib borayotgan shifoxonadagi ayrim xodimlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bo‘lsa-da, mas’ullar tomonidan hech qanday chora ko‘rilmaganini bayon qilgan edi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ushbu holat yuzasidan bayonot berdi.

Qayd etilishicha, tegishli mutaxassislar tomonidan olib borilgan o‘rganish va surishtiruv ishlariga ko‘ra haqiqatan ham mazkur tibbiyot muassasasining reanimasiya bo‘limida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlarining bir necha nafarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning dastlabki holatlari qayd etilganligi o‘z tasdig‘ini topgan. 

«Yuqoridagilarni inobatga olib, sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2020 yil 23 iyundagi 132-sonli buyrug‘iga asosan Navoiy viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining reanimasiya bo‘limi karantinga yopilib, huquq tartibot xodimlari tomonidan qo‘riqqa olingan.

Shuningdek, muassasada faoliyat olib borayotgan boshqa barcha tibbiyot xodimlari, bemorlar hamda ular bilan yaqin muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar umumiy nazoartga olinib, karantin tartiblari qat’iylashtirilgan», – deyiladi rasmiy bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!