Nasiba Abdullayeva: Fendi reklama roligida qo‘shig‘imdan ruxsatsiz foydalanilgan (video)

Nasiba Abdullayeva: Fendi reklama roligida qo‘shig‘imdan ruxsatsiz foydalanilgan (video)

Italiyaning Fendi modalar uyi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan #FendiMania yangi kolleksiyasining roligi mazkur brendning ozarbayjonlik muxlislari o‘rtasida shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda «1news.az» xabar bermoqda.

Bunga sabab rolikda yangrovchi ozarbayjon tilidagi «Bir gun mene rehmin gelejek» jumlasi bo‘lib, u O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva 1983 yilda Samarqand ansambli tarkibida kuylagan «Feride» qo‘shig‘idan olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, xonandaning o‘zi bu haqda bilmas ekan.

«35 yil avval ijro etgan qo‘shig‘im dunyo darajasiga chiqqani quvonarli albatta, biroq undan reklamada mendan so‘roqsiz foydalanilgan. Biz brend bilan mazkur masalada bog‘lanib, buning sabablariga aniqlik kiritamiz, nomim hech qayerda ko‘rsatilmaganiga izoh talab qilamiz. Ularning bunga reaksiyasiga qarab, shundan so‘ng sud haqida o‘ylab ko‘rish mumkin», — deya ta’kidlagan Nasiba Abdullayeva.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!