Namanganda tobi qochgani tufayli fojiaga yo‘liqqan erkak vafot etdi

Namanganda tobi qochgani tufayli fojiaga yo‘liqqan erkak vafot etdi

Joriy yilning 23 mart kuni soat 17:50 larda Namangan shaharda yashagan M.K. “Neksiya-3” rusumli transport vositasida Namangan shahar, Marg‘ilon ko‘chasida harakatlanib ketayotib, sog‘ligi yomonlashgani tufayli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan fuqaro A.K.ga tegishil “Vaz-2106” rusumli avtomashinaning orqa qismiga urilib to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada, haydovchi M.K.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. 23.03.2020 yil kungi STEning xulosasiga ko‘ra, marhum M.K. “Yurak ishemiya kasalligi, miyakard infarkti”dan vafot etganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!