Namangan viloyatida yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Namangan viloyatida yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.M. turmush o‘rtog‘i YU.N.ning nomiga auksion orqali xarid qilgan “Obod namuna diyori” massivida joylashgan 1 gektar yer maydonini fuqaro SH.X.ga firibgarlik yo‘li bilan 10 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, uning nomiga hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, kelishilgan pullar hisobidan 6 900 AQSh dollari va 15 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Q.S.” MCHJning Uchqo‘rg‘on filiali rahbari M.A. MCHJga qarashli 8 sotix yer maydonini fuqaro G.B.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida uning nomiga kadastr hujjatlarini tayyorlatib sotishini va’da qilib, evaziga 5 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!