Namangan tumanida pichoqdan yaralangan sotuvchi shifoxonaga yotqizildi

Namangan tumanida pichoqdan yaralangan sotuvchi shifoxonaga yotqizildi

Shu yil 12 may kuni soat 16:40 larda, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1997 y.t. fuqaro Namangan tumanida joylashgan savdo do‘konida, ushbu do‘konda sotuvchi bo‘lib ishlovchi, Namangan tumanida yashovchi, 1994 y.t. fuqaro bilan o‘zaro janjallashib, qo‘lida bo‘lgan osh pichoq bilan qorin sohasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada, 1994 y.t. fuqaro qorin o‘ng yonbosh sohasidan qorin bo‘shlig‘iga kirib boruvchi sanchilgan kesilgan jarohati, shok anemiya og‘ir darajasi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!