Nahotki: Navalniyning zaharlanishi sahnalashtirilgan bo‘lishi mumkin?!

Nahotki: Navalniyning zaharlanishi sahnalashtirilgan bo‘lishi mumkin?!

Rossiya tashqi ishlar vazirligi siyosatchi Aleksey Navalniyning zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyat sahnalashtirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminni ilgari surdi.

«Germaniyaning harakatlari shu darajada yaxshi tashkil qilingani Suriya va Buyuk Britaniyadan keyin navbatdagi kimyoviy qurol vositasida uyushtirilgan navbatdagi mistik voqeaning sahnalashtirilgan talqini Rossiyada sodir bo‘layotgandek taassurot uyg‘otmoqda», — deyilgan vazirlikning bayonotida.

Rossiya TIV bayonotiga ko‘ra, blogerning o‘ta tezkor ravishda Germaniyaga olib ketilishi, Navalniy mehmoni bo‘lgan oliy harbiy-siyosiy rahbariyatning vaziyatga aralashuvi voqeaning sahnalashtirilgan bo‘lishi mumkinligi borasida shubha uyg‘otmoqda.

Navalniyning ahvoli 20 avgustda Tomsk – Moskva reysida uchayotgan samolyotda yomonlashgan, layner Omskga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. U erda Navalniy sun’iy koma holatida ikki kun yotgan, keyinchalik Berlindagi «Sharite» klinikasiga olib ketilgan. Ayni vaqtda Navalniy Germaniyada kasallikdan keyin reabilitasiyani o‘tkazmoqda.

Germaniya hukumati Navalniyga «Novichok» guruhiga mansub zahar bilan suiqasd uyushtirilganini ma’lum qilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya davlat rahbari Emmanuel Makron bilan suhbatda rossiyalik siyosatchi Aleksandr Navalniyning o‘zi noma’lum sabablarga ko‘ra «Novichok» guruhiga mansub zaharni ichgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan, keyinchalik Navalniy zaharni o‘zi qabul qilgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi Putinning taxminiga javob qaytargandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!