Nahotki? Ektor Kuper Falastin bosh murabbiyisini ham yig‘lata oldi...

Nahotki? Ektor Kuper Falastin bosh murabbiyisini ham yig‘lata oldi...

Afsuski, O‘zbekiston terma jamoasi JCh saralash bosqichini 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshladi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Falastin bosh murabbiyi Nuriddin Ould Ali ko‘z yoshlarini tutib tura olmay yig‘lab yubordi. Uning fikrlari quyidagicha bo‘ldi:
- Men qo‘lga kirtilgan muhim g‘alaba bilan butun Falastin xalqini tabriklayman. Bu g‘alaba xalqniki, aziz muxlislarniki (Shundan so‘ng yig‘lab yubordi, zalda qarsaklar). Biz g‘alaba uchun bor kuchimizni berib harakat qildik, chunki yutishni juda-juda xohlagandik. Hamma futbolchilar bir maqsad yo‘lida harakat qilishdi. Bugun hamma o‘zini zo‘r ko‘rsatdi.

- Jamoamiz g‘alaba qozonishiga qanchalik ishongandingiz?

- Men murabbiy sifatida doim ijobiy natijadan umid qilishim kerak. O‘yindan oldin bizni qo‘llab turganlar ham, tanqid qilganlar ham bo‘ldi. Men Jazoirdan kelib ishlayotgan murabbiyman va xorijlik murabbiy sifatida natija ko‘rsatishga harakat qilaman. Agar keyingi uchrashuvlarni ham yaxshi yakunlasak, bundan hammamiz xursand bo‘lamiz. Biz har bir raqibni hurmat qilgan holda o‘ynaymiz.

- O‘zbekiston - kuchli jamoa, lekin bugun Falastinning omadi keldi. Keyingi o‘yinlarda yanada yaxshirog‘iga umid qilsak bo‘ladimi?
- "Eng muhimi, futbolda aslo to‘xtab qolish kerak emas. Bitta g‘alabadan keyin umuman havolanib ketmaslik lozim. Hali oldinda o‘yinlar ko‘p va har bir bahsga nihoyatda jiddiy qarash lozim."

Bravo juda to‘g‘ri va aqlli fikrlar,Barcha mamlakatlarda futbol  rivojlanmoqda,lekin bizda esa  rivojlanish afsuski,salbiy tarafga qarab ketmoqda,biz Kuper janoblariga ishongan edik,tan olaylik O‘zbekiston terma jamoasi osiya chempionatida ham faqat Turkmaniston bilan yaxshi o‘yin ko‘rsata oldi,qolgan o‘yinlarda o‘sha-o‘sha ahvol ediku,lekin bugungi o‘yin orqali kamchiliklar ko‘rinib qoldi,balkim,Falastin terma jamoasi biz uchun noqulay raqibdir,lekin bizga qaysi raqib qulay buni bilmay qoldik.Falastin terma jamoasi bilan shunday sharmandali o‘yin namoyish qilib turgan bo‘lsak, Saudiya Arabiston terma jamoasi bilan o‘yinni tassavur qilishga qorqaman,Eh Kuper,shuncha xalqning pulidan olyapsan,oqlagin,xalqimiz senga ishongan edi,lekin sen bizni Jahon chempionatiga olib chiqishdan ko‘ra pullarni yig‘ib yurtingga qaytib ketishing haqiqatga aylanmoqda.

Abrorbek Qurbonmurodov


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!