Myanmada harbiy samolet halokatga uchrab, 12 kishi halok bo‘ldi

Myanmada harbiy samolet halokatga uchrab, 12 kishi halok bo‘ldi

Myanmaning Mandalay shahrida payshanba kuni harbiy samolet halokatga uchrashi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

«Sinhua» agentligining harbiylarga asoslanib, xabar qilishicha, samoletda 14 kishi bo‘lgan va halokat sababchisi – yomon ob-havodir. Hozirgi paytda voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda, ikki kishi kasalxonaga yetkazilgan.

Myanmaning Mizzima mustaqil portali esa Facebookdagi sahifasida Neypido aeroportidan ko‘tarilgan kichik samolet bortida 12 kishi bo‘lganligi va 8 kishi halok bo‘lgani haqida yozdi. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, o‘lganlar orasida yuqori martabali harbiy amaldorlar ham bo‘lishi mumkin, ammo Mizzima ushbu ma’lumot hali tasdiqlanmaganligini ta’kidlamoqda.

O‘z navbatida, Xitoyning CGTN telekanali mahalliy ommaviy axborot vositalariga asoslanib, samolet bortida 16 kishi bo‘lganligini xabar qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!