Myanma harbiy ma’muriyati 19 ta davlat elchixonalaridan 100 nafar diplomatni chaqirib oldi

Myanma harbiy ma’muriyati 19 ta davlat elchixonalaridan 100 nafar diplomatni chaqirib oldi

 

 

 

 

Myanmaning BMTdagi vakili Jo Mo Tun Nyu-York bosh qarorgohi minbaridan yangi davlat hukumati bilan aloqani uzishini, barcha xalqlar hamda dunyo rahbarlarini Myanmada hukumatni harbiy tarzda egallab olinishiga qarshi chiqishga da’vat etdi. Bunga javoban Myanma harbiy hukumati 19 ta davlatdagi mamlakat elchixonalaridan 100 nafar diplomatni chaqirib oldi, deya xabar berdi «Iravadi» yangiliklar portali.

Portal xabariga ko‘ra, TIV buyrug‘uga asosan Myanma AQSH, Buyuk Britaniya, Avstriya, Italiya, Braziliya, Fransiya, Norvegiya, Belgiya, Serbiya, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Singapur, Tailand, Gonkong, Indoneziya, Kamboja, Janubiy Koreya va Filippindagi maslahatchi-elchilari va elchixona kotiblarini chaqirib olmoqda.

Xabarda ta’kidlashishicha, hozirda Myanmaning Neypidagi Tashqi ishlar vazirligida ishlayotgan 50 nafarga yaqin diplomatlari chaqirib olingan hamkasblari o‘rniga mamlakatlarga yuboriladi. Myanmaning BMTdagi elchisi Jo Mo Tun harbiylar tomonidan davlatga xiyonat qilganlikda ayblanib, allaqachon o‘z lavozimidan ozod qilingan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!