Mutaxassislar: Ikkinchi to‘lqinda bolalarning koronavirus tashuvchanligi oshdi

Mutaxassislar: Ikkinchi to‘lqinda bolalarning koronavirus tashuvchanligi oshdi

Koronavirusga chalingan bolalarning virus tashuvchanligi birinchi to‘lqinga qaraganda oshdi. Bu haqda 3 dekabr kuni Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetining COVID-19’ga chalingan bolalar bo‘limi boshlig‘i Svetlana Bannova ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi to‘lqin davrida bolalar simptomsiz edi, ammo virus ajratish vaqti qisqa edi.

«Ammo ikkinchi to‘lqin boshlanganda, bolalar virusni uzoq vaqt ishlab chiqayotganini kuzatdik. Kasallik simptomsiz o‘tishda davom etmoqda, biz virus borligini anglatuvchi jihatlarni ko‘rmayapmiz, ammo bolalar virusni 3-4 hafta chiqarishda davom etayotgani haqida laboratoriya tasdiqlari kelmoqda», — degan Bannova.

Mutaxassis bunday bolalar boshqalarga virusni yuqtirish manbai ekanligini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!