Musulmon kishi boks bilan shug‘ullanishi joizmi?

Musulmon kishi boks bilan shug‘ullanishi joizmi?

Savol

Savol: Assalomu alaykum!

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) kurashayotgan ikki kishini ko‘rib, ularga yuzdan saqlanmog‘lik kerakligi to‘g‘risida xabar berganlar. Shunga binoan, musulmon kishi asosan yuz qismiga zarba beriladigan sport turi — boks bilan shug‘ullanishi joizmi?


Javob

Javob: Shariatning maqsadlaridan biri — insoniyatni turli yomonliklardan muhofaza etishdir. Zero unda zarar berish ham, zarar ko‘rish ham yo‘q. Shuningdek fiqhiy qoidaga ko‘ra, zarar ketkaziladi. Bular fiqhning oltin qoidalaridandir.

Boks tanani kuchaytiradigan, quvvvatli qiladigan sport turi bo‘lib, bokschilar jismoniy jihatdan yuksak holatda bo‘ladilar. Bu shariatda sevilgan ishdir. Zero kuchli mo‘min, Allohga zaif mo‘mindan yaxshidir.

Ammo professional boks islom shariatida karih ko‘rilgandir. Chunki u raqibga zarar berish asosiga qurilgan. Shuningdek, u har qanday ozor berish nahiy qilingan yuzga urishga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga, inson hurmatini yerga uradigan, uni masxaralaydigan holatlardan holi emas.

Havaskor boksda esa barcha havfsizlik qoidalari kafolatlangani bois uning fiqhiy hukmi oldingisidan farqlanadi.

Ya’ni, islom ta’limot va qoidalari boksning yuqoridagi ko‘rinishini bir necha sabablarga ko‘ra qoralaydi:

1. Zarar ketkaziladi qoidasiga ko‘ra — ko‘p xatar va zarar yetkazish ehtimoli borligi bois bu sport turining shafqatsiz ko‘rinishiga barham berish kerak.

2. Boksda sportchining yuz qismiga berilgan zarba tananing boshqa qismlariga berilgan zarbadan ko‘ra balandroq baholanadi. Shu bois, g‘alaba qozonish istagidagi bokschi raqibining asosan yuziga urishga harakat qiladi. Vaholanki Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): “Agar birovingiz urishsangiz, yuzdan ehtiyot bo‘ling”, deganlar. (Imom Buxoriy rivoyatlari). Hofiz aytadilar: “Bu nahiyga had, ta’zir yoki odob berish uchun urishlar kiradi. Imom Abu Dovud Abu Bakra va boshqalar (r.a.)dan rivoyat qilgan hadislarida aytilishicha, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) zino qilgan ayol qissasida uni toshbo‘ron qilishga buyura turib: “Otinglaru, yuzdan qo‘rqinglar!”, dedilar. Demak, haloki ma’lum ayol haqida shunday bo‘lgach, undan boshqalarda yuzdan ehtiyot bo‘lish a’lo tariqda lozim ekan.

Imom Navaviy aytadilar: “Ulamolar yuzga urish nahiy qilinishining sababini izohlab shunday deydilar: Chunki u go‘zalliklarni o‘ziga jamlagan nozik a’zodir. Idrok qilish vositalarining aksari unda joylashgan. Uni urishda o‘sha vositalar ishdan chiqishi, hunuklashishi mumkin. Yuz hamisha ko‘rinib turganidan, unga berilgan kuchsiz zarba ham bilinib, oshkor bo‘lib qoladi. Shundan imom Muslim rivoyat qilgan rivoyatda bolani urgan kishini ko‘rganda, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): “Ko‘rinish ehtiromli ekanini bilmasmiding?!”, dedilar.

Shunday ekan, boks yuqoridagi illatlardan xoli holdagina joiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!