Muhsin Hisomiddinov yilning eng yaxshi kurashchisi – Xalqaro kurash assosiasiyasi

Muhsin Hisomiddinov yilning eng yaxshi kurashchisi – Xalqaro kurash assosiasiyasi

Xalqaro kurash assosiasiyasi (IKA) 2023 yilgi sport mavsumini sarhisob qilish asnosida yilning eng yaxshi sportchilari nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, kurash bo‘yicha jahon va qit’a o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan hamyurtimiz Muhsin Hisomiddinov 2023 yilning eng yaxshi sportchisi, deya e’tirof etildi.

Aytish lozim, hamyurtimiz Muhsin Hisomiddinov joriy yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tashkil etilgan “World Series Pro“ xalqaro turniri finalida ham g‘oliblikka erishdi.

2023 yilning eng yaxshi ayol kurashchisi nomiga esa Dominikan Respublikasi vakili, kurash bo‘yicha jahon chempioni, “World Series Pro“ xalqaro turniri sovrindori Audrey Arelis sazovor bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!