Muborak tumani tibbiyot birlashmasi xodimlar bo‘limi inspektori firibgarlik ustida ushlandi

Muborak tumani tibbiyot birlashmasi xodimlar bo‘limi inspektori firibgarlik ustida ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Muborak tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Muborak tumani tibbiyot birlashmasi xodimlar bo‘limi inspektori B.G. fuqaro SH.ni tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari orqali navbatchi hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga o‘z xizmat xonasida 500 AQSh dollari hamda uning shaxsiga oid hujjatlarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, B.G.ning xizmat xonasida belgilangan talablariga zid ravishda ro‘yxatga olinmasdan va ko‘rib chiqilmasdan qoldirilgan 63 nafar fuqaroning murojjaatlari mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!