Morales prezidentlikdan ketishini davlat to‘ntarishi natijasi deb atadi

Morales prezidentlikdan ketishini davlat to‘ntarishi natijasi deb atadi

Evo Morales avvalroq mamlakatni tark etmasligini aytgandi. 

Boliviya prezidentligidan iste’foga chiqqan Evo Morales mamlakatda davlat to‘ntarishi yuz berdi deb hisoblamoqda. U bu haqda Twitter sahifasida yozdi.

"Mening va singlimning uyiga hujum qilgan to‘ntarishchilar binolarga o‘t qo‘yishdi, vazirlar va ularning bolalarini o‘ldirish bilan tahdid qilishdi, endi esa yolg‘on gapirishmoqda va barcha aybni bizga ag‘darishga urinishmoqda. Boliviya va butun dunyo davlat to‘ntarishining guvohi bo‘ldi", - deb yozdi Morales.

Morales avvalroq mamlakatni tark etmasligini aytgandi. 

«Men Boliviyani tark etmayman. Mening qochishim uchun asos yo‘q», deya ta’kidlagandi u.

Boliviyada ommaviy namoyishlar 20 oktyabr kuni o‘tkazilgan saylovlar natijalari norozilik uyg‘otishi ortidan boshlangandi.

Saylovda Morales 41,7 foiz ovoz olgan, uning asosiy raqibi, sobiq prezident Karlos Mesa esa 36,51 foiz ovoz olgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!