Moderna kompaniyasi: Bizda vaksina 32 dollardan 37 dollargacha. Faqat...

Moderna kompaniyasi: Bizda vaksina  32 dollardan 37 dollargacha. Faqat...

5 avgust chorshanba kuni AQShdagi Moderna kompaniyasi o‘zi yaratayotgan vaksinaning narxi, agar u ozroq miqdorda buyurtma qilinsa, 32 dollardan 37 dollargacha bo‘lishini ma’lum qildi.

Hozirda dunyoda vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha poyga o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib kelar ekan, vaksinalarning narxi qancha bo‘lishi davlatlar tomonidan sinchiklab o‘rganilmoqda.

“Biz pandemiya davrida vaksinaning narxi o‘zining asl qiymatidan ancha past bo‘lishiga javobgar bo‘lamiz” deydi Modernaning Bosh ijrochi direktori Stefani Bansel.

Uning qo‘shimcha qilishicha, agar buyurtmalar hajmi kattaroq bo‘lsa, vaksina narxi ham arzonroq bo‘ladi.

O‘tgan oyda AQSh hukumati Pfizer va unig hamkori BioNTech kompaniyalarining sinovlardagi vaksinalarini 50 million nafar amerikalikka yetarli bo‘lgan miqdorda sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Ushbu vaksinaning har bir kishi uchun yetarli dozasi 40 dollar atrofida baholangan.

Moderna kompaniyasining har bir odam ikki marta emlanishi kerak bo‘lgan vaksinasi 64 dollardan 74 dollar oralig‘ida bo‘ladi. Kompaniya hozirgacha vaksina yaratish ishlarini tezlatish uchun AQSh hukumatidan 1 milliard dollarga yaqin mablag‘ni olgan.

Hozirda Moderna kompaniyasining vaksinasi oxirgi sinov bosqichiga yetib keldi. Vaksinaning 30 ming kishi qatnashadigan so‘nggi tekshiruvlari uchun ko‘ngillarni tanlab olish sentyabr oyida yakunlanadi.

Moderna kompaniyasi o‘tgan oyda vaksina narxi ko‘pchilikning sotib olishga imkoni yetadigan darajada bo‘lishini aytgandi. Shuningdek, ushbu kompaniya vaksina sinovlarining so‘nggi bosqichini AQShdan boshqa mamlakatlarda o‘tkazishni maqsad qilmayotganini ham ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!